Savdoni moliyalashtirish
Har qanday turdagi tovarlar va xizmatlarni ishonchli moliyalashtirish
Cheklovsiz
Moliyalashtirish miqdori
1 yilgacha
Moliyalashtirish muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
Kredit valyutasi
Evro, AQSh dollari va boshqa erkin almashtiriladigan valyutalar
Savdoni moliyalashtirish
Savdoni moliyalashtirish shartnomalariga moliyalashtirishni taqdim etish shartlari to‘g‘risida axborot
Qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablar | Yuridik shaxs - yaxshi moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti |
Qo‘llaniladigan moliyalashtirish tarmog‘i | Cheklovsiz (O‘zR qonunchiligi tomonidan taqiqlanmagan) |
Mablag‘lar yo‘naltirilishining maqsadi | Butun dunyodan (sanksiyadagi mamlakatlardan tashqari) tovar va xizmatlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma qiymatini 100% gacha moliyalashtirish |
Minimal va maksimal summasi | Qarzdorning moliyaviy ko‘rsatkichlaridan va loyiha realizatsiyasidan kelib chiqib cheklovsiz |
Kredit valyutasi | Yevro, AQSh dollari va boshqa erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar |
Erishimli summasi | Cheklovsiz |
Moliyalashtirish muddati | 1 yilgacha |
Moliyalashtirish bo‘yicha yillik foiz stavkasi | Tegishli LIBOR + 2,0%-4% (xorijiy bankning qaratiladigan marjasi) + O‘MB marjasi (har bir bitim bo‘yicha alohida) |
Imtiyozli davri | Biznes-rejaga muvofiq, lekin 6 oydan ortiq emas |
To‘lov shakli | Akkreditiv |
Qarzdorni loyihadagi ishtirokining ulushi | Loyihaning umumiy qiymatidan 20% dan ortiq emas |
Xom ashyo va boshqa materiallar xarid qilinadigan mamlakatlarning ro‘yxati | Dunyoning barcha mamlakatlari (sanksiya ro‘yxatidagi mamlakatlardan tashqari) |
Garov ta’minotiga talablar | Moliyalashtirish summasidan kamida 125% |
Maqbul (Loyihaviy) mintaqalar | O‘zbekiston Respublikasining barcha mintaqalari |
Moliyalashtirishni olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati | Bankning Kredit siyosatiga muvofiq |
Boshqalar | Har bir bitim xorijiy banklar bilan alohida tarzda 1-3 kun mobaynida kelishiladi |
Akkreditivlar
Hujjatli akkreditiv bu sotuvchi (benefitsiar) akkreditiv shartlariga javob beradigan va tovarlarni jo'natilganligini (xizmatlarni taqdim etilganligini) tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan holatda, bankning bank o'z mijozi (sotib oluvchi) hisobidan benefitsiarga kelishilgan valyutada ma'lum miqdorni to'lab berishi to'g'risidagi va'dasi
To'lov xavfsizligini ta’minlovchi vosita sifatida hujjatli akkreditiv o‘zining qator afzalliklariga ega
dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun to’lov ta’minoti sifatida;
sotuvchiga to'lanishi kerak bo'lgan pul miqdorini muddatidan oldin to’lanishi qulayligini ta’minlaydi;
to’lov turi sifatida to'lov shartlariga moslashuvchan;
qisqa muddatli moliyalashtirish vositasi sifatida foydalanish imkoniga ega;
tez va muammosiz to'lovlarni amalga oshiradi, bu esa sotib oluvchiga ma'lum holatlarda jozibador chegirmalar olish imkoniyatini beradi;
Xalqaro Huquqiy ishonchga ega
Bank kafolatlari
Bank kafolati bu - qarz oluvchi/sotib oluvchi (applikant) o'z majburiyatlarini qarz beruvchi/sotuvchi (benefitsiar) oldidagi kafolat shartlariga muvofiq bajarilmaganligini tasdiqlovchi yozma so'rov va hujjatlarni benefitsiar tomonidan olgandan keyin benefitsiarga kafolat bo’yicha kafolatlangan summani to'lab berish haqidagi bankning yozma majburiyati va va’dasi bo'lib, u benefitsiar va applikant o'rtasida tuzilgan bosh shartnoma (oldi-sotdi shartnomasi) asosida beriladi. Bank kafolatlari xalqaro huquqiy xavfsizlikka egadir
Bank kafolati turlari
Kafolat uchun ariza berish quyidagi holatlarda maqsadga muvofiqdir:
Biznes sherigingizning to'lov qobiliyatiga yetarlicha ishonchingiz bo'lmasa, to'lov kafolati (payment guarantee) juda foydali vosita hisoblanadi;
Biznes sherigingiz oldidagi majburiyatlaringizni to’liq yoki ma’lum bir (masalan oldi-sotdi shartnomasining 10% miqdorida) darajada bajarilishini ta'minlash zarur bo'lganda, siz majburiyatlarni bajarish kafolatidan (performance guarantee) foydalanishingiz mumkin;
Biznes sherigingizni avans to'lovidan maqsadga muvofiq foydalanishini ta’minlanishini xohlasangiz, siz avans to'lovini qaytarish kafolatidan (advance payment guarantee) foydalanishingiz mumkin;
Agar Tender ishtirokchisi sifatida (tender talablariga muvofiq), siz Tender o’tkazayotgan tashkilotga tender hujjatlarida nazarda tutilgan ishlarni tender taklifida ko'rsatilgan narx bo'yicha qabul qila olish uchun moliyaviy manbalaringiz yetarli ekanligini tasdiqlovchi tender kafolati (bid guarantee/bid bond) taqdim etishingiz shart bo’lsa